23:40 / 11.05.2020
3 366

“Farhod“ bozoridagi avtomobil ehtiyot qismlari rastasi yana yopildi! Mutasaddilar nima deydi?

“Farhod“ bozoridagi avtomobil ehtiyot qismlari rastasi yana yopildi! Mutasaddilar nima deydi?
Avvalroq Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan Farhod avtomobil ehtiyot qismlari bozori ichidagi barcha xodimlari bilan yopilgani, tadbirkorlarning birida yuqori tana harorati kuzatilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Natijada, aholi orasida ushbu hududdan ham koronavirus kasalligiga chalingan shaxs aniqlangani haqidagi taxminlar paydo bo‘ldi. Ushbu rastalar joylashgan Toshkent shahri Uchtepa tumani hokimligi o‘z rasmiy kanallari orqali vaziyatni izohladi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda “Farhod” bozoridagi ehtiyot qismlar rastalari tadbirkorlardan birida yuqori harorat kuzatilgani tufayli yopilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Shuni ma’lum qilamizki, savdo rastalari ma’muriyati tomonidan “Tozalik kuni” e’lon qilingan va ayni vaqtda do‘konlar sanitar normalar talablari muvofiq tayyorlanishi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Bu ishlar yakunlanishi bilan ehtiyot qismlar rastalaridagi do‘konlar o‘z ishini boshlaydi”, deyiladi munosabatda.
Shundan keyin Toshkent shahar IIBB ham bozor nima sababdan yopilganini ma’lum qildi.

Farhod avtomobil ehtiyot qismlari bozori dezinfeksiya qilish va savdo joylarini sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga muvofiqlashtirilishi uchun yopilgan. Tadbirkorlardan birining isitmasi borligi haqida tarqagan ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi“.

Vaziyatga Sog‘liq saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi mas’uli Furqat Sanayev ham oydinlik kiritdi:
Bozor ichida kimningdir harorati ko‘tarilgani haqidagi ma’lumotlar haqqoniy emas. Aksincha, bozorga kirishda o‘rnatilgan tekshiruvlar davomida bir fuqaroda yuqori harorat aniqlangan va u darhol izolyatsiyaga olingan. Har ehtimolga qarshi rastalarda ham dezinfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda va ularning yakuniga ko‘ra bozor ishga tushadi”.

Qayd etilishicha, ehtiyot qismlar bozorida har bir savdo joyi tegishli dezinfeksiya anjomlari bilan jihozlangandan so‘ng bozor o‘z ishini davom ettiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Farhod“ bozoridagi avtomobil ehtiyot qismlari rastasi yana yopildi! Mutasaddilar nima deydi?