
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga 2020 yilning 30 mart – 10 may holatiga fuqaro (iste’molchi)lardan jami 395 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 280 tasi og‘zaki, 4 tasi yozma, 111 tasi esa elektron shaklda yuborilgan. Bu haqda Federatsiya xabar bermoqda.
Mazkur ariza va shikoyatlarning 374 tasi to‘liq ijobiy hal qilingan bo‘lib, qolganlari ijro nazoratiga olingan. Mazkur murojaatlarni sohalar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, quyidagi ko‘rinish kasb etadi.
Iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarning 218 tasi (55,2%) savdo sohasiga, 22 tasi (5,6%) gaz ta’minoti sohasiga, 34 tasi (8,6%) elektr ta’minoti sohasiga, 15 tasi (3,8%) suv ta’minoti sohasiga, 13 tasi (3,3%) kommunal xizmat sohasiga, 0 tasi (0,0%) sog‘liqni saqlash sohasiga, 62 tasi (15,7%) xizmat ko‘rsatish (servis) sohasiga, 3 tasi (0,8%) transport sohasiga, 27 tasi (6,8%) aloqa (va internet) sohasiga, 1 tasi (0,3%) esa boshqa sohalarga to‘g‘ri kelishini ko‘rishimiz mumkin.
Ma’lumot o‘rnida: Iste’molchi sifatida haq-huquqingiz buzilsa, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
Iste’molchilar HuquqlariShikoyat MurojaatlariSavdo SohasiGaz Ta’minotiElektr Ta’minotiSuv Ta’minoti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar