20:03 / 12.05.2020
2 375

Tomorqadagi 187 tup og‘u fosh etildi

Tomorqadagi 187 tup og‘u fosh etildi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Shu kunlarda aholining shaxsiy tomorqalaridan unumli foydalanish masalasi kun tartibiga chiqib, dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Boisi esa oddiy: yerni boqsang - yer seni boqadi.

Ammo, ayrim shaxslar borki. o‘zlarining shaxsiy tomorqalarida qonun bilan taqiqlangan “zahri qotil” – giyohvand o‘simliklarni yetishtirayotganiga nima deysiz?

Joriy yilning 6 may kuni Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda “Sariosiyo” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan o‘zaro hamkorlikda Uzun tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ana shunday holat fosh bo‘ldi.

Uzun tumanida yashovchi fuqaro Ch.D. ning yashash xonadoni va tomorqasi belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqadagi anor daraxti ostida o‘stirib parvarishlanayotgan 187 tup ko‘knor giyohvandlik o‘simligi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tomorqadagi 187 tup og‘u fosh etildi