Pandemiya sharoitida sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini yurtimizga noqonuniy olib kirilishini oldini olish maqsadida bojxona organlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda Namangan shahrida tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida Namangan shahar Bodomzor ko‘chasida avvaldan kuzatuvga olingan fuqaro M.I.ga tegishli bo‘lgan “ISUZU” rusumli yuk avtotransport vositasi xolislar ishtirokida va belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada ushbu avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda yetishtirilgan salkam 3,5 tonna quritilgan mevalar, shuningdek, 1168 dona olib kirish va realizatsiya qilish taqiqlangan elektr cho‘g‘lanma lampochkalari, 1140 dona sifati kafolatlanmagan bolalar o‘yinchoqlari, hasharotlarga qarshi dorilar, soch olishga mo‘ljallangan moslama va boshqa xo‘jalik mollari borligi aniqlandi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 oktabrdagi “Energiyani tejaydigan lampalar mahalliy ishlab chiqarilishini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 299-sonli qaroriga ko‘ra, elektr cho‘g‘lanma lampalarni 2016 yil 1 iyuldan erkin muomalaga chiqarish va 2017 yil 1 yanvardan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi xududida realizatsiya qilinishi taqiqlangan.
Mazkur holat yuzasidan jami 151 million so‘mlik tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Mahkumlar huquqlarini ta’minlash yanada mustahkamlanadi