
Bugungi kunda yurtimizda koronavirus epedimiyasi tarqalishini oldini olish hamda fuqarolarimizning xavfsizligini ta’minlash maqsadida hukumatimiz tomonidan kechiktirib bo‘lmas choralar ko‘rilmoqda.
Byuroning davlat ijrochilari tomonidan karantin davrida qarzdorning uyiga bormasdan masofadan turib, ish faoliyatini amalga oshirishlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berilgan. Bu borada Byuroning Jondor tumani bo‘limi tomonidan ish yurituvidagi aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
- Jumladan, Byuroning Jondor tumani bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining 2020 yil 12 martdagi qarzdor Firuz Xolovdan undiruvchi O‘g‘iloy Salomova foydasiga ikki nafar farzandining ta’minoti uchun har oyda ishlab topgan ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi;
- 2016 yil 4 noyabrdagi qarzdor G‘ayrat Amonovdan undiruvchi Dildor Sultonova foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun har oyda ishlab topgan ish haqi va boshqa daromadlarining 1/6 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi;
- 2014 yil 17 iyuldagi qarzdor Aziz Hasanovdan undiruvchi Shahlo Pirboyeva foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun har oyda ishlab topgan ish haqi va boshqa daromadlarining 1/6 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi;
- 2015 yil 8 apreldagi qarzdor Akbar Udayevdan undiruvchi Shahnoza Mirzayeva foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun har oyda ishlab topgan ish haqi va boshqa daromadlarining 3/8 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi;
- 2016 yil 4 noyabrdagi qarzdor G‘ayrat Amonovdan undiruvchi Sojida Soibova foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun har oyda ishlab topgan ish haqi va boshqa daromadlarining 1/6 qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari bo‘yicha taraflarning ixtiyoriy yarashuviga erishildi.
Shuningdek, Byuroning Vobkent tumani bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Peshko‘ tumanlararo sudining 2018 yil 25 dekabrdagi ijro hujjatiga asosan qarzdor G‘olibjon Rahmonovdan undiruvchi Mavluda Achilova har oyda ishlab topgan ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ qismi aliment undirish to‘g‘risidagi ijro ishi bo‘yicha taraflarning ixtiyoriy yarashuviga erishildi.
Karantin davrida aliment to‘lovlari – bu avvalambor voyaga yetmaganlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Uyda o‘tirgan farzand yeb-ichishi, turli xil o‘quv qurollaridan foydalangan holda o‘quv mashg‘ulotlarini davom ettirishi kerakligi qarzdorlarga tushuntirildi.
Mana shu mazmundagi profilaktik tadbirlar natijasida ota-onalar o‘zaro yarashtirildi va oilalar tiklandi. Oilalarga quvonch qaytdi.
Jondor tumani bo‘limida 5 ta va Vobkent tumani bo‘limida 1 ta aliment undiruvi bilan bog‘liq mazkur ijro hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasi 1-bandiga asosan tamomlandi.
Murod Hayotov,
Byuroning Jondor tumani bo‘limi davlat ijrochisi
Doston Salimov,
Byuroning Vobkent tumani bo‘limi davlat ijrochisi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Byuroning Jondor tumani bo‘limi davlat ijrochisi
Doston Salimov,
Byuroning Vobkent tumani bo‘limi davlat ijrochisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar