21:41 / 14.05.2020
3 044

Chortoqlik ota o‘z farzandi uchun alimentni 18 yoshiga qadar to‘lab berdi

Chortoqlik ota o‘z farzandi uchun alimentni 18 yoshiga qadar to‘lab berdi
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida” nizomning 9-bandida alimentlarni oldindan to‘lash bola voyaga yetgunga qadar har qanday davr uchun va besh yildan kam bo‘lmagan muddatga amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgan.

Majburiy ijro byurosining Chortoq tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2001 yil 1 apreldagi hal qiluv qaroriga ko‘ra Po‘latov Xabibullo undiruvchi Zokirova Karomat foydasiga bir nafar farzandi uchun voyaga yetgunga qadar har oyda barcha topgan daromadidan ¼ qism miqdorida aliment to‘lash belgilangan.

Fuqaro X.Po‘latov bilan karantin davrda olib borilgan tushuntirishlar samara berdi. U ma’suliyatini his etib, o‘z farzandi uchun 13 mln so‘m aliment mablag‘ni voyaga yetgunga qadar to‘lab berdi.Joriy yilning 13 may kuni ijro ishi amalda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chortoqlik ota o‘z farzandi uchun alimentni 18 yoshiga qadar to‘lab berdi