Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 9 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 14 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2645 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
9 nafar yangi kasallanish holatining 2 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 7 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi. Xorijdan kelib, kasallanish qayd etilgan fuqarolarning 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lsa, 1 nafari esa Tojikistondan kelgan.
Bugun 33ta yangi zararlanish holati qayd etilib, 60 nafar bemor sog‘aydi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 2136 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 80 foizni tashkil qilmoqda. Hozirda shifoxonalarda 498 nafar bemor davolanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi?
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"