
Giyohvandlik vositalari ularning turidan qat’i nazar inson hayoti va salomatligini, moddiy va ma’naviy olamini barbod qiladi, shuning uchun ularga “zahri qotil” deb ham nom berilgan.
Biroq, ushbu ofat urug‘ini keng yoyish orqali o‘z cho‘ntagini to‘ldirib harom luqma topishni odat qilganlar ham afsuski oramizda bor.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda davlat xavfsizligi xizmati hodimlari tomonidan hamkorlikda “Qora-dori 2020” doirasida keng ko‘lamli tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida, Uzun tumanida yashovchi fuqaro T.Sh. ning yashash xonadoni va tomorqa xo‘jaligi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqasidagi gullar orasiga ekilib parvarish qilib kelinayotgan 2 tup “nasha” giyohvandlik o‘simligi borligi aniqlandi.
Shuningdek, Termiz shahrida o‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro Ya.A. shartli fuqaroga og‘irligi 2,6 gramm “Gashish” giyoxvandlik vositasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar