Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 4 kishida koronavirus infeksiyasidan zararlanish holati qayd etilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 15 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2686 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining 3 nafari joriy yilning 12-14 may kunlari Rossiyadan Qoraqalpog‘istonga kelgan. 1 nafar fuqaro esa Qoraqalpog‘iston Respublikasidan bo‘lib, kasallikni infeksiyaga chalingan bemor bilan muloqot orqali yuqtirib olgan.
Bugun kun davomida 41ta yangi zararlanish holati qayd etildi va Namangan, Samarqand va Qoraqalpog‘istonda jami 22 bemor tuzaldi.
Kasallik O‘zbekistonga kirib kelganidan buyon 2158 kishi koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, hozirda mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 80 foizni tashkil qilmoqda. Shifoxonalarda bugungi kunda 517 nafar bemor davolanmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, bugun Sirdaryo viloyatida davolanayotgan barcha 24 nafar bemor Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga ko‘chirib o‘tkazilgan.
«Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?