date
views 4 899

Chiroqchida elektrdan ko‘z ilg‘amas o‘g‘irlik aniqlandi

Chiroqchida elektrdan ko‘z ilg‘amas o‘g‘irlik aniqlandi
Oramizda aqli yaxshi ishlaydigan, yangiliklar yaratadigan yurtdoshlarimiz borligini o‘ylasak quvonamiz. Ammo ular yaratayotgan yangilik mamlakatimiz rivojiga hissa qo‘shish o‘rniga, unga zarar keltirayotgan bo‘lsa-chi? Bu endi aslo quvonarli emas.

MIB bunday fuqarolarimizga jazo ko‘radi. Joriy yilning 15 may kuni Chiroqchi tumani Pakandi MFY Pakandi qishlog‘ida yashovchi fuqaro D.S. xonadonida o‘rnatilgan elektr hisoblagichga kiruvchi kabelni ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmas sharoitida archib elektrenergiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlandi.

Bir qarashda bir biriga ulangan kabellar bilinmaydi. Dastlab, tan olishni istamay, shovqin ko‘tarmoqchi bo‘lgan iste’molchi, isbotlab berilgandan so‘ng, Byuro xodimlari oldida jim qoldi va qilgan qing‘ir ishini o‘zi bartaraf qilishga kirishdi.
Holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Olimjon Mahmudov
MIB Chiroqchi tuman bo‘limi boshlig‘i
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chiroqchida elektrdan ko‘z ilg‘amas o‘g‘irlik aniqlandi