
Respublika Maxsus komissiyasining joriy yil 8 maydagi ayrim hududlarda karantin choralarini yumshatish haqidagi qaroriga qaramay, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalari va o‘quv kurslari, shu jumladan davlat, xususiy, oilaviy, davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga cheklov o‘z kuchida qoladi.
Ushbu cheklov choralarini uzaytirishdan maqsad — bolalar xavfsizligini ta’minlash va ularning salomatligini koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfidan himoya qilishdir.
Infeksiya xavfi bartaraf bo‘lgach, ta’lim muassasalariga ham ruxsat beriladi va bu haqda qo‘shimcha xabar qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holati tasdiqlangan ilk kunda - 15 martda O‘zbekistondagi barcha bog‘chalar koronavirus tufayli karantinga olinishi ma’lum qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar