
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yilning 4 aprel kuni imzolangan «Neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ-4664-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning 1 may kunidan boshlab Ai-80 markali benzin va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi.
«O‘zbekneftgaz» AJga qarashli «Paxta neftbazasi» MChJ 2020 yilning 21 may kunidan e’tiboran neft mahsulotlarini sotishda yangi narxlarni e’lon qilgani borasida ma’lumot berildi.
Unga ko‘ra, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilayotgan «Ai 80» markali benzinning 1 litri uchun 3000 so‘m narx belgilandi, «Ai 95» markali benzin narxi esa 5884 so‘m.
«Paxta neftbazasi» MChJ tomonidan yuqorida nomlari hamda narxi qayd etilgan markalardagi benzin AYoQShlarga ulgurji tarzda sotiladi. Uni sotib olgan xususiy AYoQShlar transport xizmati va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda o‘zlari narx belgilaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar