
Yurtimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish davrida aholining tomorqa maydonlaridan oqilona foydalanish masalasiga muhim e’tibor qaratilmoqda. Ammo, mo‘may daromad orttirish ilinjidagi ayrim shaxslar ham borki ular o‘z tomorqalaridan qing‘ir maqsadlarda foydalanishga urinishmoqda.
Yaqinda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari bilan hamkorlikda “Qora dori – 2020” tezkor tadbiri doirasida giyohvandlik vositalarining yetishtirilishi bilan bog‘liq jinoyatni fosh etishdi.
Viloyatning Oltinko‘l tumanida yashovchi fuqaro X.Sh.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, ushbu shaxs o‘z xonadonida 130 tup “ko‘knori” giyohvandlik o‘simligini parvarish qilib kelayotganligi aniqlandi. “Har kim ekkanini o‘radi”, - deya bejiz aytilmas ekan.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harkatlari olib borilmoqda.
F.Karimov
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Andijon viloyati bojxona boshqarmasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar