Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan Üsküdar kafesi joriy qilingan cheklovlarga qaramay yashirin tarzda faoliyatini davom ettirgani aniqlandi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 20 may kuni Ichki ishlar boshqarmasi va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan Üsküdar kafesida tekshiruv o‘tkazilganda mazkur kafe joriy qilingan karantin cheklovlariga qaramay o‘z faoliyatini yashirin ravishda davom ettirgani aniqlangan.
Tekshiruv tadbirlari vaqtida kafeda iftorga yig‘ilgan, taxminan, 30 kishi, xususan, 13 nafar O‘zbekiston fuqarosi va 17 nafar xorij fuqarosi bo‘lgan. Shuningdek, alohida xonada namoz o‘qish va boshqa diniy marosimlarni o‘tkazish uchun sharoitlar tayyorlangani aniqlangan.
Karantin tadbirlari buzilish holati yuzasidan sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan kafe rahbariyatini ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha tegishli bayonnoma tuzilgan. Kafening o‘zi esa belgilangan tartibda sud jarayonlari tugaguniga qadar muhrlab qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 mayda e’lon qilingan Respublika maxsus komissiyasining karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha axborotida karantin cheklovlari 2020 yil 8 mayidan boshlab uchta toifaga («qizil», «sariq» va «yashil») kiruvchi hududlarga ajratilib, bosqichma-bosqich bekor qilib borilishi belgilangan. Umumiy ovqatlanish yo‘nalishidagi ob’ektlarning mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatishiga ruxsat berish uchala toifadagi hududlarga ham tatbiq etilmagan.
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15 maydan bir qator faoliyat turlariga ruxsat berildi. Unda ovqatlanish shoxobchalari kiritilmadi.
Prezident Shavkat Mirziyeyov 13 may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida epidemiologik vaziyat tufayli cheklovlar bosqichma-bosqich yumshatib borilayotganiga qaramay hamon karantin tartibi amalda ekanini ta’kidlagan edi.
Ayni paytda restoran faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Uning rahbariga nisbatan sud qarori bilan chora ko‘rilishi ta’kidlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi