Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 14 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.
«2020 yil 27 may soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3369 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining 7tasi Buxoro viloyatida aholi orasida (Shofirkon tumanidagi bitta oila a’zolari) aniqlangan. Mazkur holat ushbu viloyatga koronavirus infeksiyasi qaytganini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, Toshkent shahrida aholi orasida 5 kishida, Toshkent viloyatida 2 kishiga (1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, yana 1 nafari aholi orasidan aniqlangan) virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.
Buxoro viloyatida koronavirus mart oyi oxirida paydo bo‘lgan va jami 442ta zararlanish holati qayd etilgandi. 22 may kuni ushbu viloyatda aniqlangan so‘nggi bemor ham tuzalib, viloyat koronavirusdan xoli hududga aylangandi. Ushbu viloyatda 9 maydan buyon yangi kasallanish holati qayd etilmayotgandi.
Bugun jami 79ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 32 kishi kasallikdan sog‘aydi va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2668 nafarga yetdi.
Hozirda respublikaning 8 hududidagi shifoxonalarda 687 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, 3 nafari esa og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari