17:41 / 30.05.2020
2 179

Qoraqalpog‘iston va Samarqandda 11 nafar bemor tuzaldi

Qoraqalpog‘iston va Samarqandda 11 nafar bemor tuzaldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2 nafar, Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 9 nafar, jami 11 bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda tuzalganlarning 2 nafari ham erkak bo‘lib, 1 nafari Buxoro viloyatidan, yana 1 nafari esa Xorazm viloyatidan. Endilikda Qoraqalpog‘istonda shifo topganlar 129 nafarga yetib, davolanayotganlar 6 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu hudud koronavirusdan xoli bo‘lishga juda yaqin turibdi.

Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (Samarqand shahri va Toyloq tumanidan 3 nafardan, Pastdarg‘om, Urgut va Oqdaryo tumanlaridan 1 nafardan). Ularning 7 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 52 yoshda, yoshi kichigi esa 25 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar sog‘ayganlar 265 nafar bo‘lsa, endilikda 274 nafarga yetdi.

Hozirga qadar 55 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab jami sog‘ayganlar 2783 nafarga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘iston va Samarqandda 11 nafar bemor tuzaldi