12:28 / 31.05.2020
3 108

Buxoroda koronavirusga chalingan oila bilan muloqot qilgan 268 fuqaro karantinga olindi

Buxoroda koronavirusga chalingan oila bilan muloqot qilgan 268 fuqaro karantinga olindi
Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida koronavirusga chalingan bir oilaning yetti nafar a’zosi bilan muloqot qilgani ma’lum bo‘lgan 268 nafar fuqaro uy karantiniga olindi. Bu haqda Shofirkon hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha tuman shtabidan olingan ma’lumotga ko‘ra, COVID-19 virusi aniqlangan fuqarolar bilan muloqotda bo‘lgan 80 ta xonadon vakili 23—29 may kunlari karantinga olingan.

«Karantinga olingan xonadonlarga kirib-chiqishni nazorat qilish uchun jami 26 nafar IIB, Milliy gvardiya xodimi jalb qilingan. Hudud kun-u tun qo‘riqlanmoqda», — deyiladi tuman hokimligi axborotida.

Qo‘shimcha qilinishicha, tuman shtabi koronavirus yuqtirgan va hozirda shifoxonada davolanayotgan fuqarolar bilan muloqotga kirishganlarni aniqlashda davom etmoqda.

«Shofirkon tumanida yuzaga kelgan holat viloyatda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash choralarini kuchaytirishni talab qilmoqda. Viloyat maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, xalqaro yuk mashinalarining kirib kelishi bilan bog‘liq masalada ham qat’iy nazorat o‘rnatish belgilandi», — dedi viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i, koronavirus pandemiyasiga qarshi maxsus shtab rahbari Akobir Ashurov.

Eslatib o‘tamiz, tumanda bir oilaning yetti nafar a’zosida koronavirus aniqlangach, tumanga kirib-chiqish to‘xtatilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda koronavirusga chalingan oila bilan muloqot qilgan 268 fuqaro karantinga olindi