Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 32 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 2 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3750 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 17 nafari karantin markazidagi (10 nafari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan charter reys bilan kelgan, 7 nafari esa Tojikiston Respublikasidan chegara post orqali kirib kelgan) fuqarolar orasida, 7 nafari Buxoro viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan, 3 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari), 3 nafari Toshkent shahrida karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafar Sirdaryo viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.
Bugun hozircha 48ta yangi zararlanish holati qayd etildi, Toshkent va Navoiyda jami 49 bemor tuzaldi, shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2908 nafarga yetdi.
Hozirda shifoxonalarda jami 827 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 9 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi