
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan, 15 iyundan boshlab «sariq» va «yashil» hududlarda hududlararo avtobus qatnovlariga ruxsat beriladi.
Bunda tashuvchilar faoliyati quyidagi talablardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi:
- transport vositasini yakuniy yo‘nalish nuqtasida dezinfeksiya qilish;
- avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqoblardagi yo‘lovchilarni kiritish;
- haydovchilarni tibbiy qo‘lqop va tibbiy niqoblar bilan ta’minlash hamda ularning muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib borilishi choralarini ko‘rish.
Qaror bilan, Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasiga faoliyati tiklanayotgan sohalarda va tadbirkorlik sub’ektlarida karantin talablari, sanitariya-epidemiologik qoidalarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish topshirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar