14:12 / 04.06.2020
2 537

Angrenda deyarli 10 millird so‘mlik soliq qarzi undirildi

Angrenda deyarli 10 millird so‘mlik soliq qarzi undirildi
Bugungi kunda ByuroningToshkent viloyati boshqarmasi tomonidan soliq va davlat foydasiga undiruvlar bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Byuroning Angren shahar bo‘limi ish yurituviga yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining qaroriga asosan, qarzdor «O‘zbekko‘mir» AJdan 9.489.201,8 ming so‘m soliq qarzi undirish to‘g‘risidagi 110120007412-sonli ijro ishi kelib tushgan.

“O‘zbekko‘mir”AJ ning joriy yilning 24 aprel kuniga 11.457.437,5 ming so‘mlik soliq qarzi yuzaga kelgan. Qarzdor korxonaga o‘rantilgan tartibga ko‘ra, shu kunning o‘zidayoq Soliq kodeksining 115-119-moddalariga asosan soliq qarzini uzish bo‘yicha talabnoma jo‘natilgan. Talabnoma bo‘yicha 10 kalendar ish kuni ichida qarzdor tomondan hech qanday e’tiroz kelib tushmagan.

Natijada, Soliq kodeksining 115-moddasiga asosan, qarzdor pul mablag‘lari hisobidan soliqni budjet tizimiga o‘tkazish bo‘yicha doir to‘lov toshiriqnomasini xizmat ko‘rsatuvchi bankiga inkasso topshiriqnomasi yuborilgan. Soliq qarzini undirish bo‘yicha yuqorida qayd etilgan choralari to‘liq ko‘rilgandan so‘ng,qarzdor AJ dan 1.913.470,0 ming so‘m undirilgan.

Joriy yilning 4-iyun kuni esa, mazkur ijro hujjati bo‘yicha 9.489.201,8 ming so‘m soliq qarzi to‘liq undirilib, tushirilgan mablag‘ davlat budjetiga yo‘naltirilgan.

MIB Angren shahar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Angrenda deyarli 10 millird so‘mlik soliq qarzi undirildi