Abituriyentlardan oliy ta’lim muassasalariga hujjatlar 15 iyundan boshlab qabul qilinadi. Bu haqda Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev boshchiligida o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.
Davlat test markazi rahbari Majit Karimovning ma’lum qilishicha, joriy yilda hujjatlar DTM sayti, Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uzluksiz va onlayn tarzda qabul qilinadi:
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
- Davlat test markazining rasmiy veb-sayti;
- Davlat xizmatlari markazlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Bunda abituriyentlarga uydan chiqmagan holda mobil telefon (kompyuter) yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.
Abituriyentlar quyidagi hujjatlarni topshirishlari lozim:
Avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun:
- pasport;
- diplom;
- til bo‘yicha sertifikat;
- imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.
Joriy yil bitiruvchilari uchun:
- Pasport;
- Bitiruv attestati (qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi).
Oliy ta’lim muassasalariga qabul ko‘rsatkichlari ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tili kesimida DTM hamda muayyan oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
Shuningdek, anjumanda 2020-2021 o‘quv yili uchun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2ta mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilishi ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi
Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video)
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontda vaziyat keskin, Rossiya taktik muvaffaqiyatga erishdi”