17:32 / 05.06.2020
2 665

Alimentchi ota farzandlariga 8 million so‘m to‘ladi

Alimentchi ota farzandlariga 8 million so‘m to‘ladi
Bugungi kunda Byuro organlari tomonidan karantin koidalariga rioya kilingan xolda, aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlarning mas’uliyatini oshirish borasida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bu esa samara bermoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 2011 yil 3 martdagi qaroriga asosan Abdulla Jonibekovdan undiruvchi Dilfruz Masharipova foydasiga 1 nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan. A.Jonibekovga karantinli davrda ham davlat ijrochisi tomonidan muntazam tushuntirib borildi.

Olib borilgan targ‘ibot tadbirlari samara berib, A.Jonibekov joriy yilning 1 iyun holatiga yuzaga kelgan 8 mln so‘m qarzdorlikni to‘lab berdi. Bundan tashqari davlat ijrochisi tomonidan har oyda aliment mablag‘larini o‘z vaqtida to‘lab borish lozimligi tushuntirildi.

Byuroning Hazorasp tuman bo‘limi tomonidan aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alimentchi ota farzandlariga 8 million so‘m to‘ladi