Ayni soatlarda Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 21 nafar sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Tuzalganlarning 13 nafari erkak, 8 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 72, kichigi esa 10 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 9 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Samarqand viloyatidan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan 3 nafardan, Buxoro, Farg‘ona, Surxondaryo va Andijon viloyatlaridan 1 nafardan.
Toshkent shahrida shu paytga qadar sog‘ayganlar soni 1374 nafar tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda ular 1395 nafarga yetib, davolanayotganlar soni 563 nafarni tashkil etmoqda.
Shunday qilib, bugun 21 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 3268 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, bugun koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etib, jami o‘lim holatlari 17 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 4064 nafarni tashkil qilmoqda.
Hozirda mamlakatimizning yetti hududidagi tibbiyot muassasalarida jami 779 nafar bemor davolanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”