6 iyun kuni davlat Prezident Shavkat Mirzziyoyev Farg‘ona shahridagi O‘zbekiston-Koreya xalqaro universitetida bo‘ldi.
Mazkur ta’lim muassasasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 avgustdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Bu yerda o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida ilg‘or o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha o‘zbek, koreys va ingliz tillarida olib boriladi.
Universitet 4000 talabani qabul qilish imkoniyatiga ega. Tugayotgan o‘quv yilida birinchi kursda 720 nafar yigit-qiz ta’lim oldi. Koreya Respublikasidan 11 nafar tajribali pedagog jalb qilingan bo‘lib, kelgusida 43 nafarga yetadi.
Joriy yilda mazkur xalqaro ta’lim dargohi uchun yangi bino qurildi. Buning uchun 10 million dollardan ziyod xorijiy investitsiya jalb etilgan.
Shavkat Mirziyoyev universitet rektori va koreyalik o‘qituvchilar bilan o‘quv dasturi va mazmuni, yoshlarning fanlarni o‘zlashtirishi suhbatlashdi.
"Bizda 1-kursda umumiy fanlar o‘qitilib, maktab dasturi qaytariladi. Yoshlar bir yil umrini yo‘qotib, qiziqishi so‘nib ham qoladi. Rivojlangan davlatlarda bunday emas, birinchi yildan mutaxassislik fanlariga o‘tib, amaliyotga muhim o‘rin beriladi. Natijadagi farqni hayot ko‘rsatib turibdi", — dedi Shavkat Mirziyoyev.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?