
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 87 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 7 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4181 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar orasida qayd etilgan», deyiladi vazirlik xabarida.
6 iyun kuni jami 87ta yangi holat qayd etildi (shundan 20tasi aholi orasida), 1 kishi vafot etdi. Toshkentda 21 bemor sog‘aydi, shu vaqtgacha tuzalganlar soni 3268 nafarga yetdi.
Shifoxonalarda 896 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 11 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar