5 115
Xorazmda kanaldan olib chiqilgan Tico’dan rulga zanjir bilan bog‘langan 34 yoshli haydovchining murdasi topildi
Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Xorazm viloyatida Tuproqqal’a tumanidagi kanaldan olib chiqilgan Tico’dan 34 yoshli yigitning murdasi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, Hazorasp tuman prokurori tomonidan 2020 yil 17 aprel kuni T.Q.ning bedarak yo‘qolganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hazorasp tumani «Temirchi maskani» MFYda yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan T.Q. 2020 yil 27 mart kuni, taxminan, soat 10:00 larda otasiga tegishli Tico mashinasida ko‘chaga chiqib ketib, uyga qaytib kelmagan.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov harakatlari davomida to‘plangan dalillarga ko‘ra, T.Q. Tuproqqal’a tumanidagi Toshsaqa kanalining Chap qirg‘oq suv inshooti hududida mobil telefonidan foydalangani inobatga olinib, 4 iyun kuni ushbu kanal hududida suv to‘silib, olib borilgan qidiruv ishlarida fuqaroning jasadi Tico’da bo‘ynidan zanjir bilan rul chambaragiga qulflangan holda topilgan.
Murda sud-tibbiy ekspertizasida ko‘zdan kechirilganida uning tanasida jarohat izlari aniqlanmagan. T.Q.ning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan va tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi