«Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasi qoshida 23 gektar maydonda multimodal logistika markazi tashkil etiladi. Bu haqda Xalqaro press-klubning 7 iyun, yakshanba kuni Farg‘onada bo‘lib o‘tgan sessiyasida ma’lum qilindi.
Foto: Xalqaro press-klub
Logistika markazida 10 ming kvadrat metr yopiq ombor, 3 ming kvadrat metr sovutgichli ombor, o‘zgarmas yuklar uchun 30 ming kvadrat metr maydonda ochiq ombor, 27 ming kvadrat metr konteynerlar uchun ochiq maydon barpo etiladi.
Majmuada kamida 200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, u yiliga 200 mingta konteyner va 10 million tonna yuk bilan ishlash quvvatiga ega bo‘ladi. Loyiha 12,2 million dollarga baholangan.
Avvalroq Farg‘ona vodiysi viloyatlari halqa temir yo‘li bilan bog‘lanishi, ekspress va oddiy elektropoyezdlar qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”