
2017 yilning 20 dekabr kuni Bekobod shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi travmatologiya bo‘limi navbatchi travmatolog shifokori Sh.Sodikov va reanimatolog G.Xusanbayevlar voyaga yetmagan Z.Turg‘unboyevni ko‘rikdan o‘tkazishgan. Ko‘rik jarayonida, shifokorlar bemorda chap tos son bo‘limida rentgenologik tekshiruvi natijalariga ko‘ra, travmatologik kasalliklar alomatlari aniqlanmaganligini asos qilishgan.
Biroq, shifokorlar bemorning tana haroratini (40 S0) va uning yoshini hisobga olishmagan holda o‘z xizmat vazifalariga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lishlari, bemorning hayotini saqlab qolishni imkoniyati mavjud bo‘lsada, barcha kerakli mutaxassislarni jalb etish choralarini ko‘rmaganliklari oqibatida, bemor Z.Turg‘unboyevda sepsis rivojlanib, yiringli zotiljam miokarditga olib kelib 23.12.2017 yil kuni vafot etgan.
Sudga oid tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, voyaga yetmagan o‘smirning o‘limi yiringli zotiljam, miokardit natijasida yuzaga kelgan miya va o‘pka shishidan kelib chiqqan. Bu esa o‘z o‘rnida,Bekobod shahar tibbiyot birlashmasi ma’muriyati tomonidan shifokorlarning faoliyat nazorat qilinmagani, shifokorlar esa o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyat bilan yondashmaganlari oqibatida fojiaga olib kelgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudining 03.04.2019 yildagi hukmiga ko‘ra, ayblanuvchilar Sh.Sodikov va G.Xusanboyevlar JKning 116-moddasi, 3-qismi bilan aybli deb topilib, ularning har biriga 3 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudining 21.10.2019 yildagi hal qiluv qaroriga asosan, da’vogar R.Isakovaning javobgar Bekobod shahar tibbiyot birlashmasiga nisbatan jinoyat oqibatida yetkazilgan ma’naviy zararni undirish haqidagi da’vo talablari qisman qanoatlantirilib, javobgar Bekobod shahar tibbiyot birlashmasidan da’vogar R.Isakovaning foydasiga 80 mln. so‘m ma’naviy zarar undirish belgilangan.
Majburiy ijro byurosi Bekobod shahar bo‘limi tomonidan 25.11.2019 yilda, fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudining 21.11.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Bekobod shahar tibbiyot birlashmasidan undiruvchi R.Isakovaning foydasiga yetkazilgan 80 mln. so‘m ma’naviy zarar undirish haqida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Bo‘lim tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida, joriy yilning 3 iyun kuni undiruvchi foydasiga jinoyat oqibatida yetkazilgan 80 mln. so‘m miqdoridagi ma’naviy zarar to‘liq undirilib berildi va ijro ishi tamomlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar