16:19 / 08.06.2020
2 464

Konditsioner orqali virus yuqishi mumkin

Konditsioner orqali virus yuqishi mumkin
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidlemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly94YWJhci51ei9rb3JvbmF2aXJ1cy9rb25kaWNpb25lci1vcnFhbGktdmlydXMteXVxaXNoaS1tdW1raW4%3D]qaytarildi[/leech]:

— Aholi orasidan chiqayotgan kasallar 100% karantinga olinyaptimi? «Simptomsiz» kasallik qanday aniqlanmoqda?
— Aholi orasidan chiqqan bemorlar, epidemiologik surishtiruv natijalariga ko‘ra, birlamchi muloqotda bo‘lgan shaxslar karatinga olinadi, ikkilamchi muloqotdagi shaxslar — uy sharoitida 14 kun izolyatsiya qilinadi.

Ichki ishlar vazirligi tomonidan uy sharoitida (o‘z yashash uyi, mehmonxona, yotoqxona va boshqalar) karantin ostida tibbiy nazoratda bo‘lgan shaxslar 14 kunlik karantin tartiblariga rioya etishlari ustidan nazorat o‘rnatiladi.

— Chet eldan kelgan fuqarolarning yuklarida ham kasallik bo‘lishi mumkin. Ularni nima qilishadi?
— Chet eldan kelgan fuqarolarimiz karantinga olingan vaqtda ularning yuklari qanday yuk turiga kirishidan qat’i nazar 100% zararsizlantiriladi.

— Ishxonada ish kabinetida konditsioner orqali yuboriladigan havodan kasallik tarqalishi mumkinmi?
— Markazlashgan umumiy konditsionerlar orqali virus havo orqali yuqishi mumkin.

— Charter reys bilan olib kelinadiganlarni kutib olish yoki ular bilan ko‘rishish mumkinmi?
— Charter reyslar bilan olib kelinadigan fuqarolarni kutib olish va uchrashishga ruxsat berilmaydi, ular aeroportning o‘zidan to‘g‘ri karantin zonasiga olib ketiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Konditsioner orqali virus yuqishi mumkin