Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi X.da shu yilning 28 mayida SARS-CoV-2 infeksiyasi tasdiqlanib, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, 76 yoshli bemor uzoq yillar gepatit, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya va surunkali yurak yetishmovchiligi kabi kasalliklar bilan davolanib kelgan. 31 may kuni bemorning ahvoli og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan.
«Shu kungacha unga bosh mutaxassislar tomonidan konsultatsiyalar, mamlakatimizdagi tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.
Biroq ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Ayni paytda marhumning turmush o‘rtog‘i, farzandi va nabiralarida ham Covid-19 tasdiqlangan. Ularga shifokorlarimiz tomonidan davo muolajalari ko‘rsatilmoqda», – deyiladi rasmiy xabarda.
Endilikda O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olib vafot etganlar soni 18 nafarni tashkil etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi