21:30 / 09.06.2020
2 624

Bugun O‘zbekistonda 102 kishi koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga o‘tkazildi

Bugun O‘zbekistonda 102 kishi koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga o‘tkazildi
So‘nggi soatlarda O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 15 nafari sog‘ayib, jami tuzalganlar 3459 nafarga yetdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 8 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Endilikda sog‘ayganlar soni Toshkent shahrida 1543 nafarga, Navoiy viloyatida 142 nafarga yetdi.
Bugun kun davomida 102 nafar bemor tuzalib, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 3459 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 4482 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari jami 1005 nafar bemor davolanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun O‘zbekistonda 102 kishi koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga o‘tkazildi