Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov 10 iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifingda mamlakatdagi «yashil» hududlarda tibbiy niqob taqish majburiyati masalasida berilgan savolga javob qaytardi.
Fuqarolar tomonidan «‘yashil’ hududda tibbiy niqob taqmasa bo‘ladimi?», degan savol yo‘llangan.
Ma’lum qilinishicha, Respublika maxsus komissiyasi xulosasiga ko‘ra, hududlarda ularning toifasidan qat’i nazar quyidagi tartibga rioya qilinishi shart:
- jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati ob’ektlarida 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash;
- fuqarolarning tibbiy niqobdan foydalanishi;
- uch kishidan ortiq yig‘ilmaslik;
- antiseptik vositalardan foydalanish.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi shahar va tumanlar 11 maydan boshlab hududdagi epidemiologik vaziyatga bog‘liq ravishda «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarga ajratilmoqda. 6 iyun holatiga ko‘ra O‘zbekistondagi 26 ta tuman va shahar «qizil», 29 tasi «sariq» va 148 tasi esa «yashil» hudud bo‘lib turibdi. Mamlakatdagi karantin rejimi 15 iyungacha uzaytirilgan va barcha hududlarda bir qator cheklovlar saqlab qolingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi