16:10 / 12.06.2020
5 380

Ikki yildan buyon qidiruvda bo‘lgan "Kaptiva" avtomashinasi Qarshidan topildi

Ikki yildan buyon qidiruvda bo‘lgan "Kaptiva" avtomashinasi Qarshidan topildi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tuman sudining 23.12.2017 yildagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor Yo.X.dan undiruvchi R.B. va boshqalarning foydasiga jami 277 mln. 176 ming 401 so‘m zarar pullarini undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Muborak tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan kundan ijro ishini yuritish qo‘zg‘atilgan va qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

Qarzdor ogohlantirishlarga qaramasdan zarar pullarini to‘lamasdan kelganligi sababli, ijro ishi doirasida bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdorning barcha yo‘nalishlariga cheklovlar qo‘yib, unga tegishli bo‘lgan “Captiva” rusumli avtotransport vositasiga nisbatan ham 2018 yilning 25 iyul kuni qidiruv e’lon qilingan.

Byuroning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida mazkur transport vositasi Qarshi shahri, Pahtazor mahallasi xududida yashirib ko‘yilganligi aniqlanib, vaqtincha saqlash maqsadida jarima maydonchasiga qo‘yilishi ta’minlandi.

Hozirda, qarzdorga tegishli bo‘lgan ushbu avtomashinani realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ikki yildan buyon qidiruvda bo‘lgan "Kaptiva" avtomashinasi Qarshidan topildi