15:54 / 15.06.2020
2 719

Qo‘lga olingan direksiya mutaxassisining boshqa jinoyatlari ham aniqlandi

Qo‘lga olingan direksiya mutaxassisining boshqa jinoyatlari ham aniqlandi
Andijon viloyati kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direksiyasi Marhamat tumani yetakchi mutaxassisi D.A. firibgarlik ustida qo‘lga olindi. Jinoyat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marhamat tuman bo‘limi DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

D.A. fuqaro B.M.ning ishonchiga kirib, unga tuman hududidagi kichik sanoat zonasi uchun ajratilgan yer maydonidan uy-joy qurish hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun 10 sotix yer maydoni ajratib berish evaziga 1500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Ushbu holat bo‘yicha o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda D.A.ning boshqa qilmishlari ham fosh bo‘ldi. Ya’nikim, u joriy yilning may oyida 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, tadbirkorlik faoliyatini boshlashga yer ajratish uchun 6 750 AQSH dollarini hamda 1 nafariga tumanda qurilayotgan ko‘p qavatli uydan 2 xonali uy olib berishni va’da qilib, evaziga 27 mln. so‘mini qo‘lga kiritgani ham aniqlangan.

Darvoqe, Departamentning Marhamat tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan boshqa bir tezkor tadbirda ham firibgarlikka oid yana bir jinoyat fosh etildi. Fuqaro M.X. Z.R. va M.E.larning ishonchiga kirib, ularga Marhamat tuman «Dehqon bozori» MCHJ hududidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan savdo qilishi uchun rasta ajratib berish evaziga 2 mln. so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan firibgarlik alomatlari bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘lga olingan direksiya mutaxassisining boshqa jinoyatlari ham aniqlandi