10:08 / 17.06.2020
5 092

Qashqadaryoda koronavirus aniqlangan 104 nafar bemor qaysi hududlardan ekani ma’lum qilindi

Qashqadaryoda koronavirus aniqlangan 104 nafar bemor qaysi hududlardan ekani ma’lum qilindi
Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 16 iyundagi ma’lumotiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida COVID-19 koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104 nafarga ko‘payib, 161 nafarga yetdi (bulardan 6 nafari ilgari sog‘ayib chiqqan).

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabarida aytilishicha, yangidan kasallik qayd etilgan 104 bemorning barchasi karantin muassasalarida saqlanayotganlar orasida bo‘lgan. Ularning 66 nafari Qozog‘iston, 5 nafari Turkiya fuqarolari, 10 nafari vohada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy korxona ishchilari, 1 nafari viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimi, 20 nafari Kitob, 2 nafari Chiroqchi tumanlaridan (koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasidan).

2020 yil 16 iyun holatida viloyat bo‘yicha jami 1732 nafar fuqaro karantin muassasalarida saqlanmoqda.
Ularning 342 nafari statsionar, 1390 nafari uy karantinida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda koronavirus aniqlangan 104 nafar bemor qaysi hududlardan ekani ma’lum qilindi