21:48 / 17.06.2020
2 142

Tojikiston 1 iyuldan O‘zbekiston bilan aviaqatnovlarni tiklaydi

Tojikiston 1 iyuldan O‘zbekiston bilan aviaqatnovlarni tiklaydi
Foto: aa.com.tr
Tojikiston 1 iyuldan xalqaro yo‘nalishlar – O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari bilan aviaqatnovlarni tiklaydi. Mamlakat epidemiyaga qarshi kurashish shtabi ana shunday qaror qabul qildi, deb yozmoqda asiaplustj.info.

Ushbu mamlakatlarga parvoz qiladigan yo‘lovchilar salomatligi to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari lozim, deb xabar bermoqda "Xovar" axborot agentligi.

«Tojikiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi agentligiga Rossiya, Turkiya va Xitoyga parvozlarni tashkil etish masalasini o‘rganish va respublika shtabiga taklif taqdim etish topshirildi», - deyiladi xabarda.

Tojikiston koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida mart oyidan xalqaro aviaqatnovlarni to‘xtatgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tojikiston 1 iyuldan O‘zbekiston bilan aviaqatnovlarni tiklaydi