2 848
Toshkentda masjidda o‘g‘rilik qilganlikda gumonlanayotgan 22 yoshli yigit qo‘lga olindi
Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan masjidning kirish joyida qoldirilgan sumkani o‘g‘irlaganlikda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 20 mart kuni soat 19:30 da Yashnobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga 29 yoshli Jasur J. murojaat qilib, shaxsiy hujjatlari, 100 ming so‘m, 110 dollar va mobil telefoni bo‘lgan sumkasi o‘g‘irlanganini ma’lum qilgan. Jasurning aytishicha, u sumkasini masjidga kirish joyida qarovsiz qoldirgan.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ko‘rilgan tezkor-qidiruv choralari davomida IIBB xodimlari tomonidan gumonlanuvchining shaxsi aniqlanib, muqaddam sudlangan 22 yoshli Husniddin K. qo‘lga olindi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi