Ayni damda Oliy Majlis Senatining 5-yalpi majlisi videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilmoqda. Yalpi majlisda 16ta masala, shu jumladan, 9ta qonun muhokamasi o‘tkazilishi kutilmoqda.
Yalpi majlisda ma’lum qilinishicha, bugungi kunda kam ta’minlangan, ehtiyojmand aholi ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, respublika bo‘yicha 7 mln 192 mingdan ortiq xonadonning 300 mingga yaqini, ya’ni 4,1 foizi (bu hozirgacha ro‘yxatga olinganlar) eng ehtiyojmand hisoblanadi Ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amaliy ishlar ko‘rilmoqda. Ushbu xonadonlar ro‘yxatlari mahalliy kengashlar qarorlari bilan tasdiqlangan.
«Bu son ko‘proq bo‘lishi ham mumkin. Bular faqat dastlabki olingan ma’lumotlar bo‘lib, eng kambag‘allik darajasida yashayotgan xonadonlar bilan ish olib borilmoqda.
Shu yilning o‘zida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yangidan yaratish va bu borada ishlarni izchillik bilan samarali olib borish bo‘yicha vazifa qo‘yilgan edi. Pandemiya sababli bu ishlar tezlashib ketdi», deya Norboyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”
Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari