16:02 / 19.06.2020
2 626

O‘qituvchilar faoliyatiga aralashgan fuqaro va mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi

O‘qituvchilar faoliyatiga aralashgan fuqaro va mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi
Toshkentda Senatning 5-yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashish yoki uning xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq qo‘shimcha kiritilmoqda.

Unga ko‘ra, o‘qituvchining o‘quvchilar bilimini baholashiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki boshqa hollarda uning ishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilmoqda. Ya’ni fuqarolarga bazaviy hisoblashning 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 15 baravarigacha jarima belgilanmoqda.

Yalpi majlisda Senat raisi Tanzila Norboyeva tarbiyaning ahamiyat haqida gapirdi.

«Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir», degan so‘zlari ahamiyati bugun oshgan bo‘lsa oshganki, aslo pasaygan emas. Barchamiz – onamiz, otamiz va o‘z farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasi uchun mas’ulmiz. Lekin tan olib aytishimiz kerak, bugungi o‘quvchi ham, ota-onalar ham kechagi emas.

Qo‘pol eshitilgani bilan aslida teran axloqiy ma’noga ega bo‘lgan «Eti sizniki, suyagi bizniki» degan gaplarga, afsuski, eskilik sarqiti sifatida qaralmoqda. Maktablarda erkak o‘qituvchilarning kamayib ketgani ham katta muammo, aslida. Farzandining arzimagan shikoyati uchun maktabga yugurib kelib o‘qituvchiga «tashlanish»dan ko‘pchilik ota-onalar uyalmay qo‘ydi. Bu esa jamiyatda o‘qituvchi maqomining obro‘sizlanishiga olib kelmoqda.

Hurmatli ota-onalarga murojaat qilmoqchiman: farzandim hayotda o‘z o‘rnini topishda qiynalmasin, mustaqil fikrli, mulohazali inson bo‘lib voyaga yetsin desangiz bolangiz qalbida o‘qituvchiga ehtirom hissini tarbiyalang va o‘zingiz ham ustozlarni e’zozlang. O‘qituvchi o‘quvchi yoki uning ota-onasi tomonidan oyoqosti qilinadigan odam emas, balki ziyo tarqatuvchi inson, kerak bo‘lsa hammadan bir pog‘ona yuqori turuvchi shaxsdir. Albatta, qonunda javobgarlik belgilab qo‘yish bilan bu kabi muammolar o‘z-o‘zidan hal bo‘lib qolmaydi. Bu ijtimoiy ong darajasiga yetishi, umummilliy harakatga aylanishi kerak
», - deya Tanzila Norboyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘qituvchilar faoliyatiga aralashgan fuqaro va mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi