16:30 / 22.06.2020
3 034

Baykalorti o‘lkasiga 1400 dan ortiq o‘zbekistonlik ishga jalb etiladi

Baykalorti o‘lkasiga 1400 dan ortiq o‘zbekistonlik ishga jalb etiladi
Rossiya Federatsiyasining Baykalorti o‘lkasi gubernatori taklifiga binoan u yerdagi qurilish ob’ektlariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jalb qilish masalalari yuzasidan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari E.Muxitdinov, O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsuli A.Muxamedov, Baykalorti o‘lkasi gubernatori A.Osipov, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Baykalorti o‘lkasi qurilish, yo‘l xo‘jaligi va transport vaziri A.Goncharov va boshqalar ishtirok etib, ikki davlat o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, koronavirus pandemiyasi sababli Rossiya Federatsiyasiga vaqtincha ishlash uchun ketolmagan va ishsiz qolgan o‘zbekistonlik fuqarolarni Baykalorti o‘lkasidagi yirik qurilish ob’ektlariga ishga jalb qilish masalasini muhokama qildi.

Muloqot davomida pandemiyadan keyin mehnat bozorini tiklash, epidemiologik vaziyatda o‘zbekistonlik mehnat migrantlari xavfsizligini ta’minlash, ularni tartibli, manzilli va tashkillashtirilgan holda ishga joylashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Xususan, Rossiya tomoni taklifiga binoan o‘tkazilgan uchrashuvda o‘lkadagi 20 dan ortiq qurilish ob’ektlariga bir yarim mingga yaqin fuqarolarni ishga jalb qilishga kelishildi hamda ishchilar uchun barcha zaruriy mehnat sharoiti yaratilib, buning uchun ish beruvchi kafilligi belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Baykalorti o‘lkasiga 1400 dan ortiq o‘zbekistonlik ishga jalb etiladi