
2020 yil 23 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6535 (+35) nafarni tashkil etmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 21 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida, yana 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 5 nafari Toshkent shahrida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 3 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida, yana 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) qayd etilgan.
Ayni paytda yurtimizda 4520 (+70) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1996 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
O‘zbekistonKoronavirusToshkentSirdaryoKarantin MarkaziSog‘liqni Saqlash O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar