08:12 / 24.06.2020
3 010

Kattaqo‘rg‘on shahriga kuchli shamol yopirildi: ko‘plab binolar talafot ko‘rgan (foto)

Kattaqo‘rg‘on shahriga kuchli shamol yopirildi: ko‘plab binolar talafot ko‘rgan (foto)
Foto: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi
23 iyun kuni soat 17:00 atrofida Kattaqo‘rg‘on shahrida kuchli shamol yopirilgan.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, shamol oqibatida shahardagi 6ta tashkilot va korxonaga tegishli ob’ektlarning, shuningdek, 6ta ko‘p qavatli binolarning tom qismi shikastlangan.

Aholi orasida tabiiy ofatdan jabrlanganlar yo‘q.

Foto: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi
Ayrim hududlarda daraxtlar ham qo‘porilib, avtomobil yo‘liga qulagan. Shuningdek, bir necha simyog‘ochlar qulab, elektr ta’minoti ishdan chiqqani sababli shaharning ayrim hududlarida elektr energiyasi va suv ta’minoti uzilgan.

Hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun uchta favqulodda vaziyatlar bo‘limi ekipaji yetib kelgan. Bir necha soat o‘tib, elektr energiyasi ta’minoti tiklangan. Ichimlik suvi ta’minoti esa 24 iyun kuni ertalabdan tiklanishi e’lon qilingan.

Foto: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi

Foto: Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi
Talafot ko‘lamini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan shahar hokimi Gavhar Alimova rahbarligida ishchi guruh zararlangan ob’ektlarga yetib borgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kattaqo‘rg‘on shahriga kuchli shamol yopirildi: ko‘plab binolar talafot ko‘rgan (foto)