
Jizzax viloyati Forish tumanida qurilishda ishlaydigan 23 yoshli yigit o‘zi haydaydigan kranga osilgan holda topilgan. «Sevimli TV» telekanalining «Zamon» informatsion dasturi muxbiri o‘lim sabablarini o‘rgangan.
O.T. soat 04:30 larda o‘zi ishlaydigan 18 metrli kran yoniga kelgan va o‘zini osgan. Oradan bir soat o‘tgach, maydonni tekshirib yurgan quruvchi uni kranga osilgan holda topgan.
Muxbir bilan suhbatda qurilishda ishlaydigan boshqa bir quruvchi marhumning xotirjam, sokin, taqvodor yigit bo‘lganini qayd etgan.
Shuningdek, yigitning bobosi ham nevarasining sevgan qizi uchun ushbu ishga qo‘lga urgani yolg‘onligini bildirgan. Suhbat chog‘ida yigitning otasi ham qurilishda ishlashi, onasi esa kasalxonada jonlantirish bo‘limida ishlashi oydinlashgan. Bobosi ham O.T.ning ikki yildan beri Forishda ishlagani, undan avval Jizzax shahrida ishlaganini bildirgan.
Manba: Daryo.uz
Jizzax ViloyatiForish TumaniQurilish IshlariO‘lim SababiKranga OsilganYigit Hayoti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar