
2020 yil 24 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6755 (+93) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 51 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 37 nafari Toshkent shahrida (shundan 35 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida), 5 nafari Toshkent viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, yana 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.
Ayni paytda respublikada 4560 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 2176 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 18 nafari og‘ir, 4 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
KoronavirusO‘zbekistonToshkentKarantin MarkaziSog‘liqni SaqlashDavo Choralari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar