3 240
O‘z vaqtida Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgani aytiladigan «Sijjak» oromgohi sotiladi
«Sijjak» dam olish oromgohi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, «Sijjak» mavzesi, Sarbog‘ mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan «Sijjak» dam olish oromgohini ommaviy savdolar orqali, shaffoflik prinsipi asosida sotadi.
Agentlik tasarrufidagi mazkur majmuaning umumiy yer maydoni bino va inshoatlari bilan birgalikda 5,38 gektarni tashkil etadi. Ayni damda xususiylashtirish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilyapti.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining O‘zbekistonda triatlon sportini rivojlantirishga qaratilgan qarori muhokamaga qo‘yilib, unda «Sijjak» dam olish maskani ichidagi barcha jihozlari bilan O‘zbekiston triatlon federatsiyasiga tekin foydalanishga berilishi belgilangandi.
Xabaringiz bor, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi sifatida Otabek Umarov ish olib boradi.
Yana bir ma’lumot, ayrim manbalarga ko‘ra, «Sijjak» dam olish oromgohi o‘z vaqtida Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgani aytiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”