17:50 / 26.06.2020
2 313

Yo‘lda ketayotgan avtomashinani to‘xtatib, talonchilik qilgan shaxslar ushlandi

Yo‘lda ketayotgan avtomashinani to‘xtatib, talonchilik qilgan shaxslar ushlandi
2020 yilning 23 iyun kuni soat 23:45da 22 yoshli S.A. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasida Farg‘ona viloyati “Qo‘qon-Buvayda” avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u Uchko‘prik tumani Kaltatoy qishlog‘i hududiga yetib kelgan vaqtida, noma’lum shaxslar kul rangli Nexia-1 rusumli avtomashina bilan to‘xtatib, avtomashinasi salonida bo‘lgan 36.700.000 so‘m pullarini hamda bahosi 1.600.000 so‘mlik Redmi-7 rusumli uyali aloqa vositasini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanlar.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida mazkur jinoyatni 32 yoshli M.A., 24 yoshli J.J., 21 yoshli J.Yu. va M.U. (ayol) sodir etganliklari aniqlanib, J.J.dan “Redmi-7” rusumli uyali aloqa vositasi ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyatni sodir etgan barcha shaxslar gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yo‘lda ketayotgan avtomashinani to‘xtatib, talonchilik qilgan shaxslar ushlandi