3 174
Britaniyalik prokurorlar Gulnora Karimova jazo o‘tayotgan qamoqxonaga kelishlari mumkin
Gorse Hill Manor
Buyuk Britaniya prokurorlari ushbu mamlakatda muzlatib qo‘yilgan qiymati 29 mln dollarlik mulklar to‘g‘risidagi ishni yakunlash uchun Gulnora Karimova jazo o‘tayotgan qamoqxonaga kelishlariga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Bloomberg agentligining Britaniyaning O‘ta yirik miqdordagi tovlamachiliklarga qarshi kurashish byurosiga (Serious Fraud Office – SFO) tayanib xabar berishicha, sud qarori chiqarilganiga ikki yil bo‘lganiga qaramasdan, Gulnora Karimova va mazkur ish bo‘yicha uning sherigi Rustam Madumarov ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tashayotgani uchun bu hujjatni ularga berishning imkoni bo‘lmagan.
SFO 2018 yil oktabrda Gulnora Karimova va uning sobiq turmush o‘rtog‘i Rustam Madumarovning Buyuk Britaniyadagi mulklarini xatlash bo‘yicha ushbu mamlakat oliy sudiga da’vo kiritgandi. Byuroning bildirishicha, bu mulklar ularning O‘zbekistondagi korrupsion kelishuvlardan olgan daromadlariga sotib olingan.
Gap Surrey grafligidagi qasr va Londonning nufuzli rayonlarida joylashgan ikkita kvartira haqida bormoqda:
- Karimova Surrey grafligidagi Gorse Hill Manor nomli yirik mol-mulkni 2010 yilda 18 mln funt sterlingga ($23,5 mln) sotib olgan. Hozirda bu ob’ekt 30 mln funt ($39 mln) turadi;
- Londondagi kvartiralardan biri Meyfer rayonida bo‘lib, 8 mln funt ($10,4 mln), ikkinchisi Belgraviya rayonida bo‘lib, 2 mln funtov ($2,6 mln) turadi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Gulnora Karimova, Rustam Madumarov, kichik Islom Karimov (Gulnora Karimovaning o‘g‘li) hamda PORCHESTER INDUSTRIES LIMITED, OREGON GROUP LIMITED, RAWTENSTALL INTERNATIONAL LIMITED kompaniyalari ushbu mol-mulklarning egasi hisoblanadi.
Bloomberg maqolasida yozilishicha, britaniyalik prokurorlarning Londonga tashrifi koronavirus pandemiyasi bois ham kechikkan va ular endilikda O‘zbekiston Bosh prokuraturasining yordamiga umid qilmoqda.
O‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan sud eshituvlarida Gulnora Karimovaning himoyasi tomonidan uning o‘g‘li – kichik Islom Karimov ishtirok etdi. Uning advokati Xyugo Keyt mulklarni muzlatib turish to‘g‘risidagi qarorning uzaytirilishiga qarshilik bildirmadi.
Advokat Keytning so‘zlariga ko‘ra, uning mijozi Islom Karimov onasi Buyuk Britaniyadagi mulklarni qonuniy yo‘l bilan sotib olganiga ishonadi, ammo buni isbotlash uchun u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish kerak. Uning fikricha, O‘zbekistonda buni amalga oshirishning deyarli imkoni yo‘q.
Avvalroq O‘zbekiston Moliya vazirligi Gulnora Karimovaning Parijdagi ko‘chmas mulk sotuvidan tushgan 10 mln dollardan ortiq mablag‘ qayerlarga sarflangani haqida ma’lumot bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi