23:40 / 03.07.2020
5 167

Shayx hazratlari din arbobining siyosatga aralashishiga qarshi bo‘lganmi?

Shayx hazratlari din arbobining siyosatga aralashishiga qarshi bo‘lganmi?
O‘zA saytida Toshkentdagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi jome masjid imom-xatibi, marhum shayx rohimahullohning farzandlari Ismoil Muhammad Sodiq bilan intervyu bo‘lib o‘tdi.

Unda Ismoil Muhammad Sodiq marhum otasining siyosiy jarayonlardagi o‘rni haqida fikr bildirdi.
Shayx hazratlari siyosatga aralashishga doim qarshi bo‘lganlar. Ya’ni bevosita siyosatchi bo‘lishni maqsad qilmaganlar. O‘z vakolatlariga ko‘ra, siyosatchilar bilan muloqot qilishlariga to‘g‘ri kelardi. Lekin o‘zlari partiya ochish, siyosiy oqim qilishni istamaganlar. Partiya tuzish takliflariga ham rad javobini bergan edilar. Hazratning siyosat yo‘lida din suiiste’mol qilinmasligi bo‘yicha alohida fikrlari bo‘lgan. O‘zlari ham harakat qilmaganlar va taklif qilganlarni ham rad etganlar”.

Ismoil Muhammad Sodiq shuningdek shayx rohimahullohning SSSR Oliy kengashi deputati bo‘lganini esga oldi.
Deputat bo‘lishdan maqsadlari siyosatchi bo‘lish emasdi. Shayx 5 ta respublika — O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasining muftiysi bo‘lganlar shu sababli ham deputatlik mandatidan foydalangan holda, musulmonlarning ba’zi masalalarini hal qilishni maqsad qilgandilar. Shunda ham ular avvaldan deputatlikni ko‘zlab nomzodlarini ko‘rsatmaganlar, boshidan reja qilmaganlar. Muftiylikka saylangach, oxirgi kunlarda deputatlikka nomzodlarini ilgari surgan edilar”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shayx hazratlari din arbobining siyosatga aralashishiga qarshi bo‘lganmi?