Foto: Videolavhadan skrinshot
Joriy yilning 4 iyul kuni ijtimoiy tarmoqda «Chirchiqda “Neksiya” daryoda oqib ketibdi» sarlavhasi ostida video lavha tarqaldi. IIV YHXBB axborot xizmati ushbu holat tafsilotlirini ma’lum qildi.
Joriy yilning 30 iyun kuni soat 18:20 larda, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani hududidan o‘tgan 4R12 «Bektemir-Chorbog‘» avtomobil yo‘lining 32 kilometrida haydovchi 2001 y.t. I.M. «Neksiya» rusumli transport vositasida harakatlanayotib, ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo‘qotadi va haydovchi X.J. boshqaruvida bo‘lgan «Zil» rusumli yuk avtomashinasining yon tomoniga uriladi.
To‘qnashuvdan keyin «Neksiya» ushbu hudud atrofidan o‘tgan Chirchiq daryosiga tushib ketgan. Daryoga qulash vaqtida haydovchi avtomobildan tushib qolishga ulgurgan.
Ushbu hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. «Neksiya» rusumli transport vositasi daryodan chiqarib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi