3 530
Buxoroda koronavirusga chalingan 35 yoshli ayol shifoxonaga yotqizilganidan uch kun o‘tib vafot etdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan buxorolik 35 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etganini ma’lum qildi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, G‘ijduvon tumanida yashovchi 35 yoshli ayol D.Sh. 1 iyul kuni koronavirusga gumon qilinib, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Unga «ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligi 3-daraja, semizlik 2-daraja» tashxisi qo‘yilgan.
«Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi», – deyiladi vazirlik xabarida.
Ayni paytda O‘zbekistonda rasman ma’lum qilingan koronavirus qurbonlari soni 31 nafarni tashkil etmoqda.
Bugun COVID-19`dan vafot etgan boshqa bir bemor – toshkentlik 65 yoshli erkak ham shifoxonaga 1 iyul kuni yotqizilgani xabar qilingandi. SSVning ertalabgi axborotida bemorlardan 8 nafari o‘ta og‘ir ahvolda ekani aytilgan.
Ma’lumot uchun, pandemiya davrida Toshkentda 17, Namanganda 4, Samarqand, Buxoro, Surxondaryo va Jizzaxda 2tadan, Farg‘ona va Qashqadaryoda bittadan o‘lim ro‘y berdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi